Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) rossiyalik sportçilarga qöyilgan barça çeklovlarni olib taşlaşni tavsiya qildi, şuningdek, Rossiya Olimpiya qömitasi (ROQ) huquqlarini vaqtinça tikladi, deyiladi taşkilot saytida.
Rossiya Olimpiya qömitasiga nisbatan çeklovlar 2023 yil oktabr oyidan beri amal qilgan. Ular ROQ öz tarkibiga Ukrainaning özini özi e’lon qilgan DXR va LXR, şuningdek, anneksiya qilingan Zaporojiye va Xerson viloyatlarining olimpiya kengaşlarini kiritgani munosabati bilan joriy etilgan edi.
XOQ huquqiy masalalar böyiça komissiyasi tomonidan ötkazilgan «puxta tahlildan söng» ROQ böyiça qaror qabul qilindi. Şu bilan birga, Ukraina Milliy olimpiya qömitasi (UMOQ) yurisdiksiyasi ostidagi hududlarda joylaşgan sport taşkilotlari endi uning tarkibiga kirmasligi hisobga olindi.
ROQ anneksiya qilingan hududlarda işlamayotganini va işlamasligini tasdiqladi. Aprel oyida sport vaziri Mixail Degtyarev nomi körsatilmagan mintaqaviy sport taşkilotlari ROQ tarkibidan çiqarilganini ma’lum qilgan edi.
ROQ böyiça çeklovlar qança muddatga olib taşlanganiga aniqlik kiritilmagan. XOQ Ijro qömitasi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borişga va’da berdi.
Bundan taşqari, XOQ tomonidan rossiyalik sportçilarni faqat neytral maqomda qabul qiliş va ularga nisbatan «himoya çoralari» böyiça berilgan barça tavsiyalar bekor qilindi. Taşkilotning ta’kidlaşiça, xalqaro musobaqalarga qaytayotgan barça rossiyalik sportçilar amaldagi antidoping talablariga javob berişi kerak.
Taşkilot Olimpiya öyinlarida Rossiya bayroği, madhiyasi, milliy ranglari va boşqa ramzlardan foydalaniş böyiça hali qaror qabul qilmaganini ta’kidladi. Şu bilan birga, XOQ öz tadbirlarini Rossiyada ötkazmasligini va rossiyalik amaldorlarni öz homiyligidagi tadbirlarga taklif etmasligini qöşimça qildi.
Tegişli qarorlar bir kun avval 2028 yilda Los-Anjyelesda bölib ötadigan Olimpiya öyinlari saralaşining boşlanişi, şuningdek, «barça sportçilar uçun musobaqalarga teng kirişni ta’minlaş zarurati» munosabati bilan qabul qilindi.
Rossiya va Belarus sportçilari Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan söng xalqaro musobaqalardan çetlatilgan edi. Keyinçalik bu mamlakat sportçilari neytral maqomda musobaqalarda iştirok eta boşladi.








