Internetda Soçi yaqinida Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti falokatga uçraşi vaqtida köçadagi videokuzatuv kamerasi tomonidan yozib olingan video paydo böldi. Videoda fojyea vaqtida osmonda yorqin çaqnaşni yaqqol köriş mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar va Youtube videoblogiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilindi.
Internet foydalanuvçilari orasida bu çaqnaş nima ekanligi borasida qizğin muhokama ketmoqda.
Avvalroq mutaxassislar samolyot havoda portlagan bölişi mumkinligini aytişgan. Ularning fikriça, samolyot bölaklarining katta hududga soçilib ketgani şundan darak beradi.
Biroq keyinroq terakt versiyasi istisno qilinişi, bölaklar esa samolyotning suv sirtiga kuçli urilişi sababli katta masofaga tarqab ketgani ma'lum qilingan.
Fojyea 25 dekabr tonggi soat 5.00 atrofida sodir bölgan. Samolyot Soçidan Suriyaga uçib ketayotganda radarlardan yöqolib qolgan. Samolyotda 92 kişi, jumladan harbiylar, jurnalistlar, artistlar bölgan. Ular Halabda konsert berişi közda tutilgandi.











