6-oktabr kuni Soçining Qora dengiz sohilidagi «Sirius» federal hududi akvatoriyasida neft tankeri yonib ketdi. Rossiya transport vazirligiga köra, kemaga ekipajsiz kater hujum qilgan. Liberiya bayroği ostida suzuvçi tankerda bölgan 23 kişi evakuatsiya qilingan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, «Aframaks Rio» nomli uşbu tanker Novorossiyskdan Hindistonga neft xom aşyosi olib ketayotgandi.
Yonayotgan kemadan çiqqan tutun ustuni bir neça kilometr masofadan körinib turgan, Soçining markaziy qismida yaşovçilar ham kuyindi hidini sezişgan. Sochi va «Sirius» maʼmuriyati tankerdagi yonğin tufayli barça plyajlarni yopgan, aholiga deraza va eşiklarni yopiş, köçaga çiqqanda himoya niqobidan foydalaniş, imkon qadar taşqariga çiqmaslik tavsiya qilindi.
Şu bilan birga, Sochi1.ru naşri yozişiça, Primorsk sohilida 6-oktabr kuni keçqurun ham odamlar sayr qilişda davom etgan, kafelar işlab turgan. Şu kuni Soçida sirenalar yangramagan, xavf haqida ogohlantiriş bölmagan.

7-oktabr kuni ertalab Rospotrebnadzor Sochi yaqinidagi tankerda röy bergan yonğin tufayli Qora dengizda ifloslaniş yöqligini, ammo vaziyatni kuzatiş davom etayotganini maʼlum qildi. Sochi maʼmuriyati havodagi ifloslantiruvçi moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi çegaradan oşmaganini maʼlum qildi. Biroq plyajlar yopiqligiça qolmoqda.

9-sentabr kuni ham Sochi sohiliga Ukraina dengiz dronlari (RF mudofaa vazirligi terminologiyasi böyiça «ekipajsiz kater») hujum qilgandi. Öşanda qariyb 30 kişi jarohatlangan. Hujum xavfi haqida ogohlantiriş berilgandi, ammo guvohlarning sözlariga köra, köplab dam oluvçilar avvaliga bunga eʼtibor bermagan va faqat portlaşlardan keyingina qoça boşlagan.



















