9-sentabr kuni keçqurun Soçining sohil hududiga Ukraina dengiz dronlari hujum qildi (RF mudofaa vazirligi ularni «ekipajsiz katerlar» deb atagan). Natijada 28 kişi, jumladan, ikki bola jarohat olgan, deb xabar berdi Krasnodar ölkasi operativ ştabi. Yaralanganlarning barçasiga tibbiy yordam körsatilgan, katta yoşli uç kişi va bir bola şifoxonada qolmoqda.

Hujum haqida mahalliy vaqt bilan soat 9 lar atrofida xabar tarqaldi. Bu vaqtda sohilda joylaşgan «Festivalniy» madaniyat saroyida qöşiqçi Tatyana Bulanovaning konserti ötkazilayotgandi. Konsert töxtatilib, tomoşabinlar evakuatsiya qilingan.

Soçi sohilidagi dengiz dronlari hujumi vaqtidagi portlaş. 2026-yil 9-sentabr
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videodan skrinşot / Reuters / Scanpix / LETA

«Turmuş örtoğim konsertda edi. Evakuatsiya eʼlon qilinganida odamlar yiqilib, vahimaga tuşib qoça boşlagan. Atrofda portlaş ovozlari eşitilardi. U maşinaga çopayotib, yiqilgan. Uni zarba tölqini yiqitgan. Har bir portlaşdan keyin portlaş tölqini sezilgan. Portlaşlar juda yaqinda röy bergan», – deydi bölib ötgan hodisa haqida mahalliy aholi vakillaridan biri.

93.ru naşri xabar berişiça, hujum haqidagi ogohlantirişdan keyin ham sohilda odamlar köp edi. Dam oluvçilar dastlab bunga reaksiya qilişmagan va faqat portlaşdan keyingina har tomonga qoça boşlagan.

«Portlaşlar juda yaqinda röy berayotganidagina hamma yugura boşladi. Avvaliga barça qarab turdi, çunki Soçi uçun bu odatiy holat. Ammo bizdan 300 metr narida portlaş böldi – va şundagina barça qoça boşladi. Aql bovar qilmas xaos yuzaga keldi. Barça baqirar, bolalar yiğlardi. Barça çopib borar, atrofda portlaşlar bölardi. Qayoqqa ketayotganimizni bilmasdan yugurardik, çunki heç qayerda bombapanagoh yöq edi. Amallab yerosti ötiş joyigaça yetib bordik», – deya hikoya qiladi guvohlardan biri.

Hujumdan keyin sohilda yonğin boşlangan, ammo mahalliy rasmiylar şikastlaniş jiddiy emas, deb baholagan. «Oynalar va fasad elementlarini tiklaş zarur. Işonçim komilki, biz buni tezda uddalaymiz», – deb yozdi şahar meri Andrey Proşunin telegram-kanalida. Şuningdek, u hujum oqibatlari töliq bartaraf etilgunga qadar plyajlar taşrif buyuruvçilar uçun yopiq qolişini bildirdi. «Soçining qolgan qismida vaziyat barqaror», – deya qöşimça qildi Proşunin.