Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan uçraşuvda Ostona Suriya böyiça muzokaralarda iştirok etayotgan barça tomonlarni qabul qilişga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Sizning taklifingiz yuzasidan qarorimiz şunday: Qozoğiston Ostonada muzokaralar uçun barça tomonlarni qabul qilişga tayyor», - deya aytib ötdi davlat rahbari.
Nazarboyevning ta'kidlaşiça, u keça bu masala yuzasidan Putin, şuningdek Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Eron rahbari Hasan Ruhoniy bilan suhbatlaşgan.
«Ularning barçasi rozi. Uçraşuv ötkazilişi uçun barça kerakli şaroitlarni yaratamiz», - ta'kidlab ötdi Qozoğiston yetakçisi.
Avvalroq, Putin, Nazarboyev va Erdöğan telefon orqali suhbatda Ostonada Suriyadagi vaziyat yuzasidan uçraşuv ötkazişga rozi bölganliklari haqida xabarlar tarqagandi.












