2028-yilgi UEFA Superkubogi öyini Qozoğiston poytaxti Ostonadagi «Astana Arena» stadionida bölib ötadi. Bunday qarorni Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi ijro qömitasi 15-sentabr kuni Saloniki şahrida bölib ötgan yiğilişda qabul qildi.
Qozoğiston birinçi marta UEFA Superkubogi öyinini qabul qiladi, unda Çempionlar ligasi va Yevropa ligasi ğoliblari töqnaş keladi.
«Astana Arena» nufuzli öyinni ötkaziş uçun maydon qoplamasi masalasini hal qilişi kerak: sunʼiy çimni tabiiy çimga almaştiriş.
«Astana Arena» 2019-yilgi UEFA Superkubogini ötkazişga ham daʼvogarlik qilgan edi. UEFA arizalar böyiça hisobotida stadion sunʼiy qoplamaga ega ekanligi, Qozoğiston tomoni esa uni tabiiy qoplama bilan almaştiriş imkoniyatini örganayotganini taʼkidlagan. Yakunda 2019-yilgi öyin Turkiyaning Istanbul şahrida bölib ötdi.
«Astana Arena» 2009-yilda oçilgan bölib, taxminan 30 ming tomoşabinga möljallangan. Bu yerda Qozoğiston milliy jamoasi va poytaxtning «Astana» klubi öz uy öyinlarini ötkazadi. 2025-yilda stadionda keng kölamli rekonstruksiya işlari yakunlandi, uning davomida, xususan, muhandislik tizimlari yangilandi va maydonning sunʼiy qoplamasi almaştirildi.
UEFA Superkubogining amaldagi sohibi Fransiyaning PSJ klubi hisoblanadi. Kubok uçun keçgan bahsda parijliklar Angliyaning «Aston Villa» jamoasini mağlub etdi (2:1). Öyin 12-avgust kuni Avstriyaning Zalsburg şahrida bölib ötdi. 2027-yilda UEFA Superkubogi uçun öyin Amsterdamdagi «Yohan Kroyf Arena»da bölib ötadi.

















