Bugungi kunga kelib, Mehribonlik va Muruvvat uylari öğil-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari”, Bolalar şaharçalari, Gödaklar uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvçilari, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar, yurtimiz tinçligi yölida qurbon bölgan huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining farzandlari uçun 12 nomdagi öquv qurollari va 15 nomdagi şirinliklardan iborat bölgan 11 ming dona Prezident sovğalari tayyorlanib, joylarga yetkazilmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lumotlarga köra, joriy yilning 26 dekabr kuni, Toşkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toşkent şahriga jami 3852 dona Prezident sovğalari avtotransportda yetkazilmoqdi.

Şuningdek, 6041 dona Prezident sovğalari “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25-28 dekabr kunlari jadval asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi va 9 ta viloyatlarga yetkaziladi.
Sovğalar 29-30 dekabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va barça viloyatlarda taşkil etiladigan “Prezident arçasi” tadbirlarida kiçkintoylarga tantanali ravişda topşiriladi.












