Qarorda Özbekiston musulmonlari idorasining 2026 yilda muborak Qurbon hayitining birinçi kuni 27 may – çorşanba kuniga töğri kelişi haqidagi axboroti ma’lumot uçun qabul qilinib, 27 may Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nişonlanişi belgilangan.

Qarorda aytilişiça, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, Qurbon hayitning birinçi kuni işlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.

Şuningdek, prezidentining 2025 yil 24 dekabrdagi «2026 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi farmoni bilan quyidagilar qöşimça dam oliş kuni sifatida belgilangan:

- iş haftasining turidan qat’i nazar barça xodimlar uçun 2026 yilning 28 may – payşanba, 29 may – juma kunlari;

- olti kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar uçun 30 may – şanba kuni.

Qaror bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Din işlari böyiça qömita, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boşqa hamkor taşkilotlar bilan birgalikda hududlarda Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyğun holda, kötarinki kayfiyatda ötkaziş böyiça tegişli çora-tadbirlarni amalga oşiriş yuklatildi.

Demak:
- 25 may, duşanba — iş kuni;
- 26 may, seşanba — iş kuni;
- 27 may, çorşanba – Qurbon hayiti, dam oliş kuni;
- 28 may, payşanba – barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
- 29 may, juma – barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
- 30 may, şanba – haftada 6 kun işlaydiganlar uçun qöşimça dam oliş kuni;
- 31 may, yakşanba – barça uçun odatdagi dam oliş kuni;
- 1 iyun, duşanba — iş kuni.