Amerikalik aktrisa, «Yulduzlar jangi» kino epopeyasidagi malika Leya Organ roli bilan yaxşi taniş bölgan Kerri Fişerning onasi, amerikalik qöşiqçi va aktrisa Debbi Reynolds 84 yoşida hayotdan köz yumdi. U şoşilinç tarzda şifoxonaga yotqizilganidan söng, hayot bilan vidolaşgan, deb yozmoqda TMZ.

«Bu rost. U hozir Kerri bilan», — degan uning öğli Todd Fişer.

Avvalroq, Debbi Reynolds insultda gumon qilinib Los-Anjyeles şifoxonasiga yotqizilgan edi. 

Reynolds komediya janridagi filmlarda ijro etgan rollari bilan köproq dong taratgan. Ularning eng maşhuri «Singin' in the Rain» (yomğirda kuylovçi) myuzikli bölib, unda boş rollardan birini ijro etgan.