Özbekistonning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasi kömagida Qozoğistonda mehnat faoliyatini olib borayotgan vaqtda insultga çalingan fuqaro yurtga qaytarildi.

Ma’lum qilinişiça, fuqaroning murojaati va soğliği holati inobatga olinib, Boş konsulxona tomonidan unga Özbekistonga qaytiş guvohnomasi rasmiylaştirilgan. Şuningdek, Olmaota–Toşkent yönalişi böyiça aviaçipta xarid qilinişida ham amaliy kömak körsatilgan.

Qozoğistonning vakolatli huquqni muhofaza qiluvçi va migratsiya organlari bilan hamkorlikda fuqaroning mamlakat hududidan qonunçilik talablariga muvofiq çiqib ketişi ta’minlangan.

Şu bilan birga, mazkur masalani hal etiş jarayonida Özbekiston fuqarosini vaqtinça yaşaş joyi, kiyim-keçak va oziq-ovqat bilan ta’minlaş, hujjatlarini rasmiylaştiriş hamda boşqa ijtimoiy-maişiy masalalarda beğaraz yordam körsatgan Qozoğiston fuqarosiga Boş konsulxona nomidan minnatdorlik bildirildi.

Ta’kidlanişiça, diplomatik vakolatxona xorijdagi Özbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ayniqsa oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan vatandoşlarga tezkor konsullik yordamini körsatiş böyiça işlarni izçil davom ettiradi.