Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 avgust kuni soğliqni saqlaş tizimini transformatsiya qiliş va tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Davlat rahbari bu borada şu yil 7 mayda bölib ötgan videoselektor yiğilişida topşiriq bergan edi. Şundan kelib çiqib, soha mutaxassislari, aholi va xususiy sektor vakillari iştirokida qator takliflar tayyorlandi.

Bugun kasalliklarni davolaşda katta yuklama respublika muassasalariga tuşmoqda. Şu bois viloyat va tuman miqyosida xizmatlarni kengaytirib, tibbiyotni aholiga yaqinlaştiriş çoralari körilmoqda.

Şu maqsadda 1500 ta klinik protokol xalqaro talablarga moslaştiriladi va standart jarrohlik amaliyotlari işlab çiqiladi. Eng keng tarqalgan kasalliklar böyiça bemorlar marşrutlari işlab çiqiladi va raqamlaştiriladi.

Tamila Aliyeva, Prezident administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qiliş böyiça örinbosari

Sönggi yillarda insult va infarktga olib keladigan gipertoniya, yurak işemik kasalligi va qandli diabetning köpayişi kuzatilmoqda. Bunday holatlarning 85 foizi nogironlikka olib kelmoqda.

Şu bois birlamçi böğinda sun’iy intellektni keng qöllagan holda uşbu kasalliklarning oldini oliş va davolaş böyiça yangiça protokol va yondaşuvlarni joriy qiliş taklifi bildirildi. Jumladan, EKG-telemetriya, telemeditsina, trombolizis terapiya, stentlaş va tromboekstratsiya yölga qöyiladi. Insult belgilarini erta aniqlaş algoritmini ommalaştiriş va aholiga örgatişga alohida e’tibor qaratiladi.

Nevrologik kasalliklar va insultni samarali davolaş maqsadida Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazi taşkil etiladi. Markaz uçun Toşkent şahrida 250 örinli zamonaviy bino quriladi, unda yiliga 3 mingdan ortiq jarrohlik amaliyotini ötkaziş imkoniyati böladi.

Markaz hamda Samarqand va Buxorodagi tibbiyot oliy öquv yurtlari klinikalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Yaponiyalik hamkorlar kömagida xalqaro standartlar böyiça erta reabilitatsiya xizmati joriy etiladi. 150 nafar mutaxassis xorijda malaka oşiradi. Loyiha uçun 150 million AQŞ dollari yönaltiriladi. Uşbu çora-tadbirlar nogironlik va mehnatga layoqatsizlikni kamaytiriş imkonini beradi.

Şuningdek, amaldagi soğliqni saqlaş tizimini xaritalaş va raqamlaştiriş, şu asosda tibbiyot muassasalarini yagona yondaşuv asosida taşkil etiş böyiça master-reja işlab çiqiş taklifi bildirildi. Bu işlar doirasida yangi quriliş standartlari, poliklinika va kasalxonalarning namunaviy loyihalari şakllantiriladi, 210 ta sanitariya normasi qayta körib çiqiladi.