20 yanvar kuni ötkazilgan taqdimotda, avvalo, ötkir yurak qon-tomir va tserebrovaskulyar kasalliklarning oldini oliş va davolaşni takomillaştiriş böyiça işlab çiqilgan çora-tadbirlar muhokama qilindi.
Rejaga köra, “Stent for Life” va “Action Plan for Stroke” xalqaro dasturlari asosida işlab çiqilgan “Infarkt va insultga qarşi kuraşiş” milliy dasturi 2026 yil 1 maydan boşlab Samarqand viloyati va Toşkent şahrida, 1 oktyabrdan Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida, 2027 yildan esa boşqa hududlarda amaliyotga joriy etiladi.
Milliy dastur doirasida 30 yoşdan oşgan aholi örtasida sörovnoma ötkaziş hamda natijasiga köra aniqlangan xavf guruhiga mansub fuqarolarni maqsadli tibbiy tekşiruvlardan ötkaziş hamda bemorlarga şoşilinç tibbiy xizmat körsatiş algoritmlari va klinik marşrutlarini amaliyotga joriy etiş nazarda tutilgan.
Şuningdek, mazkur kasalliklarda şoşilinç tibbiy yordam körsatişda xalqaro standartlarga muvofiq “oltin soat” tamoyilining vaqt me’yorlari joriy etiladi.

Taqdimotda tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik va raqamli imkoniyatlarini keskin oşirişga qaratilgan çoralar ham keltirildi. Brigadalar telemetrik elektrokardiograf va monitorli defibrillyatorlar bilan ta’minlanadi. Şu jumladan, EKG natijalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qiliş va axborot tizimi orqali yuboriş, şuningdek, tez tibbiy yordam brigadalari va şifoxonalar örtasida real vaqt rejimida ma’lumot almaşiş imkoniyati yaratiladi.
Statsionar tibbiyot muassasalarida insultni sun’iy intellekt asosida taşxislaş imkoniyati yaratilib, bemorlarning harakat marşruti raqamlaştiriladi. Şifoxonalar esa şoşilinç holatlarda jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş uçun tromb erituvçi dori vositalari hamda zarur sarflov materiallari bilan ta’minlanadi.
Şoşilinç statsionar tibbiy xizmat körsatişga nodavlat tibbiyot taşkilotlarini jalb qiliş, ötkir yurak-qon tomir va boş miyada qon aylanişining ötkir buzilişi holatlarida körsatilgan tibbiy xizmatlar Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi orqali moliyalaştiriladi.
Milliy dastur doirasida “Elektron soğliqni saqlaş” axborot tizimida bemorlar hamda xavf guruhidagi aholining elektron reyestri yuritilişi ta’minlanadi.
Aholi örtasida profilaktika va tarğibot işlariga ham alohida urğu berildi. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ijtimoiy roliklar, infografika, animatsiya va qisqa metrajli videoroliklar tarqatiş, bozor va savdo markazlari yaqinida bilbord va bannerlar joylaştiriş, ta’lim muassasalari, korxona va mahallalarda infarkt va insult alomatlarini barvaqt aniqlaş böyiça seminar-treninglar ötkaziş rejalaştirilgan.













