Yaponiyadagi Dentsu reklama kompaniyasi prezidenti Tadasi Isii iste'foga çiqişi haqida ma'lum qildi. Bunga xodimlaridan birining doimiy ravişda ortiqça işlagani sabab öz joniga qasd qilgani turtki berdi. Bu haqda Nikkei xabar qilmoqda.
Prezident marhumaning oila a'zolaridan uzr sörab, uning vafoti uçun barça mas'uliyatni öz böyniga olişi haqida aytib ötdi. Isii 2017 yilning martida direktorlar kengaşidan ham ketmoqçi, deb ta'kidlaydi naşr.
Bundan taşqari, Dentsu prezidentining tan olişiça, kompaniyada iş vaqtidan söng ham qolib mehnat qiliş holatlari uçrab turibdi. Bu vaziyat mehnat organlari tomonidan bir neça bor tanqid qilinganidan söng ham kuzatilgan.
Yaponiya mehnat vazirligi 2016 yilning sentabrida Dentsu’ning 24 yoşli xodimasi Matsuri Takaxasi 2015 yil dekabrida işdagi doimiy çarçaşlar sabab öz joniga qasd qilgani haqida ma'lum qildi. Qiz bir oyda belgilangan iş vaqtidan taxminan 105 soat köproq işlagan.
Mamlakat hukumati esa 2016 yilning noyabrida kompaniya rahbariyatiga nisbatan suriştiruv işlarini boşladi. Dentsu top-menejmenti xodimlarni iş vaqtidan söng ham qolib mehnat qilişga majburlagan bölişi mumkin. Kompaniya 2016 yilning 21 noyabr kuni «ölimgaça işla» prinsipidan voz keçişi haqida ma'lum qildi.
keça esa kompaniya rahbariyatiga oid hujjatlar prokuraturaga yuborildi.








