Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞ tomonidan payşanba kuni Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarga qanday javob qaytarilişi borasida hozirça heç narsa deya olmasligini ma'lum qildi. Biroq, uning xabar berişiça, ular albatta amalga oşiriladi.
"Hozirça javob qanday bölişi haqida biron narsa deya olmayman. Albatta tegişli javob qaytariladi. Bu javob Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan belgilab berilgan yönalişda böladi", - deya ma'lum qildi Peskov jurnalistlarga.
Uning sözlariga köra, rossiya tomonining javobi amerikaga "jiddiy noqulaylik" keltirib çiqaradi.
"Bu borada tezkorlik bilan javob qaytariş ehtiyoji yöq. Nima bölganda taqdirda ham bunday qadamlar Rossiya prezidenti tomonidan qabul qilinadi", - qöşimça qildi Peskov.
Prezident matbuot kotibi Moskva Vaşingtonning bunday qaroridan afsusda ekanini ham ma'lum qilgan.
Eslatib ötamiz, AQŞ payşanba kuni Rossiya razvedka xizmatlari va bir qator jismoniy şaxslariga nisbatan sanksiyalarni kiritdi. Ular "saylovlarga aralaşganlikda" ayblandi hamda mamlakatdan 35 rossiyalik diplomatning çiqarib yuborilişi haqida ma'lum qilindi. Prezident Barak Obama ularni "rossiya razvedkasi xizmatçilari" deb atagan.












