Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis juma kuni mamlakat boş vaziri lavozimiga Sorin Grindyanu nomzodi qöyilişiga rozilik berdi. Bu haqida Ruminiya davlat rahbarining saytida ma'lum qilindi.
Sotsial-demokratik partiyaning (SDP) 43 yoşli vakili bölgan Grindyanu 2014-2015 yillarda Aloqa va axborot jamiyati vazirligini boşqargan. Bugungi kunda u Timiş uyezdi Kengaşi raisi lavozimida faoliyat yuritadi.
11 dekabr kuni Ruminiyada bölib ötgan parlament saylovlarida SDP katta tafovut bilan ğalaba qozondi. Natijada SDP hamda Liberal va demokratlar Alyansi koalitsiyasi hosil böldi, bu ularga vazirlar mahkamasi lavozimiga birgalikda nomzod taklif qiliş imkonini berdi.












