Ruminiya Taşqi işlar vazirligi Rossiyaning Buxarestdagi elçisi Vladimir Lipayevni vazirlikka çaqirdi. Uçraşuv davomida unga Rossiya diplomatik vakolatxonasining bir xodimini persona non grata deb e’lon qiliş töğrisida rasmiy verbal nota topşirildi.

Qarorga muvofiq, mazkur diplomat beş kun içida Ruminiya hududini tark etişi şart.

Dronlar uç marta Ruminiya havo hududiga kirgan

Ruminiya rasmiylariga köra, 24–26 iyul kunlari mamlakat Harbiy-havo kuçlari Ruminiya havo hududiga noqonuniy kirgan uçta uçuvçisiz uçiş apparatini yöq qilgan.

24 iyul kuni Buzeu viloyatidagi Padina şahri yaqinida F-16 qiruvçi samolyoti birinçi dronni urib tuşirgan.

25 iyul kuni Ukraina bilan çegara hududida yana bir dron yöq qilingan.

26 iyul kuni esa Sulina–Kiliya hududidagi Ruminiya hududiy suvlari ustida uçinçi dron F-16 qiruvçisi tomonidan urib tuşirilgan.

Dron qoldiqlari Rossiyaga tegişli ekani aytildi

Ruminiya Taşqi işlar vazirligi Rossiya elçisiga mamlakat hududida yöq qilingan dronning parçalarini ham namoyiş etgan.

Rasmiylarga köra, ötkazilgan tekşiruv dron tarkibiy qismlari Rossiyada işlab çiqarilganini tasdiqlagan.

Şundan söng Buxarest Moskvaga nisbatan qat’iy norozilik bildirib, bu harakatlarni «noqonuniy va mas’uliyatsiz» deb baholagan hamda barça mas’uliyat Rossiya zimmasida ekanini ta’kidlagan.

Ruminiya elçisi Moskvadan çaqirib olindi

Mazkur voqealar ortidan Ruminiya hukumati Moskvadagi elçisi Kristian Istrateni maslahatlaşuvlar ötkaziş uçun Buxarestga çaqirib oldi.

Bu qadam ikki davlat örtasidagi diplomatik munosabatlardagi keskinlik yanada kuçayganini körsatmoqda.

Buxarest NATO va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kuçaytiradi

Ruminiya Taşqi işlar vazirligi mamlakat havo hududi bir vaqtning özida NATO va Yevropa Ittifoqining havo hududi ham ekanini eslatib, Rossiya tomonidan bunday qoidabuzarliklar mutlaqo qabul qilib bölmasligini bildirdi.