Reuters agentligining 10-avgust kuni xabar berişiça, Ruminiyadagi yagona işlab turgan atom reaktorining faoliyatini davom ettiriş uçun qurğoqçilik tufayli sayozlaşgan Dunay daryosi oqimining bir qismi özgartirilgan.

Ruminiya Energetika vazirligi topşiriği bilan reaktor turbinalarini zarur miqdorda suv bilan ta’minlaş maqsadida bir qator favqulodda çoralar körilgan.

Xususan, suv oqimini kerakli tomonga yönaltiriş uçun toşdan qurilgan tösiq portlatilgan, Dunay tubini çuqurlaştiriş işlari amalga oşirilgan. Bundan taşqari, toşlar ortilgan törtta barja suvga çöktirilib, öziga xos töğon hosil qilingan.

Natijada reaktor atrofidagi suv sathini 4 santimetrga kötarişga erişilgan.

Energetika vazirligi mavjud prognozlarga asoslanib, uşbu çoralar reaktorning kamida keyingi töqqiz kun davomida işlaşi uçun zarur şaroit yaratganini bildirgan.

Mamlakatda energetik favqulodda holat e’lon qilingan

Ruminiya hukumati avgust oyi uçun energetik favqulodda holat rejimini joriy etgan. Mamlakatdagi korxonalar va aholidan, ayniqsa, elektr energiyasiga talab eng yuqori böladigan keçki soatlarda iste’molni ixtiyoriy ravişda kamaytiriş söralgan.

Reuters ma’lumotiga köra, 10-avgust holatida Ruminiya çegarasida Dunay suvi sathi hamon rekord darajada past bölib turgan.

Biroq Ruminiyaning suv resurslarini boşqariş davlat agentligi vaziyat 15-avgustdan boşlab yaxşilanişi mumkinligini bildirgan.

Daryoning yuqori oqimida yoğayotgan yomğirlar natijasida hosil bölgan suv oqimi asta-sekin Ruminiya hududiga yetib kelişi va Dunay sathining kötarilişi kutilmoqda.

«Çernavode» AESning bir bloki avvalroq töxtatilgan

Iyul oyi oxirida Ruminiyaning «Çernavode» atom elektr stansiyasi birinçi energobloki töxtatilib, milliy elektr tarmoğidan uzilgan edi.

Bu mamlakatda elektr energiyasi işlab çiqariş hajmining kamayişiga olib kelgan. Manbada vaziyat qöşni Vengriya energetikasiga ham ta’sir körsatayotgani qayd etilgan.

Odatda «Çernavode» AESning ikki reaktori Ruminiyada işlab çiqariladigan elektr energiyasining qariyb 20 foizini ta’minlaydi.