Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Istanbuldagi tungi klubga uyuştirilgan hujum böyiça bayonot berdi. U terrorçilarning maqsadi Turkiyadagi vaziyatni izdan çiqarib, mamlakatda xaosni yuzaga keltiriş maqsadida ekani haqida gapirgan.
«Ular (terrorçilar. — Kun) xaosni yuzaga keltirmoqçi, ular bizni yengmoqçi, ular bizning ruhimizni sindirmoqçi», — degan Erdöğan.
Uning sözlariga köra, Turkiya terrorizmga qarşi kuraşni davom ettiradi va mamlakat fuqarolari xavfsizligini ta'minlaş uçun barça zarur çoralarni köradi.
Erdöğan Anqaradagilar «Turkiyada turli guruhlar tomonidan amalga oşirilayotgan hujumlar mintaqadagi vaziyat tufayli ekanini yaxşi tuşunişi» haqida qöşimça qilgan.
Bundan oldinroq Turkiya IIV rahbari Sulaymon Söylu tungi klubga qilingan hujum oqibatida halok bölgan 39 kişidan 21 kişining şaxsi aniqlangani haqida ma'lum qilgandi.
1 yanvar kuniga ötar keçasi Istanbuldagi Reina klubida Yangi yil oqşomi ötkazilayotgan vaqtda Kalaşnikov avtomati bilan qurollangan terrorçi hududga bostirib kirib, çor atrofga öt soça boşlagan. Politsiyaçilar uni yöq qilişgan. Hujum vaqtida bino hududida 800 nafarga yaqin kişi bor edi.












