10 dekabr kuni Istanbuldagi "Beşiktoş" jamoasi stadioni yaqinida sodir etilgan terakt vaqtida omon qolgan yigit şaharda Yangi yil bayrami vaqtida sodir etilgan terakt qurboniga aylangan. Bu haqda Daily Sabah xabar tarqatdi.

Istanbulning Yevropa qit'asidagi qismida joylaşgan Reina nomli tungi klubga 1 yanvarga ötar keçasi Yangi yil bayrami nişonlanayotgan vaqtda Kalaşnikov avtomati bilan qurollangan terrorçi bostirib kirdi va odamlarni öqqa tutdi. Qurbonlar soni 39 nafarni taşkil etdi, yana 69 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgan.

Gazetaning yozişiça, hujumning ilk qurboniga aylangan politsiyaçi Fotih Çaqmoq klub yaqinida soqçilik qilayotgandi. U 10 dekabr kuni Beşiktoş tumanidagi stadion yaqinida politsiyaçilarga hujum uyuştirilganida ham şu hududda bölgan va omon qolgandi.

10 dekabr kungi terakt oqibatida 44 kişi halok bölgan. Bu terakt uçun javobgarlikni "Ozod Kurdiston loçinlari" guruhi öz zimmasiga olgandi.

1 yanvar kungi terakt uçun javobgarlikni hali heç qaysi guruh öz zimmasiga olmadi.