"Barselona"ning braziliyalik hujumçisi Neymar kelajakda vataniga qaytişi mumkinligini istisno etmadi.

Kataloniyaliklar klubiga 2013 yilda Braziliyaning "Santos" klubidan kelib qöşilgan va ayni vaqtda 24 yoşda bölgan bu futbolçining amaldagi şartnomasi muddati 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.

U ta'til vaqtida "Şapekoense" jamoasi xotirasiga bağişlangan xayriya uçraşuvida iştirok etdi hamda "Marakana" öyingohida mahalliy jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Men "Flamengo" safida öynaşni istarmidim? Men uçun "Marakana"da muxlislarni quvontiriş katta şaraf böladi. Men bu yerda har kuni öynaşga tayyorman. "Flamengo" — men kelgusida libosini kiyib öynaşni istaydigan klub", degan futbolçi.

"Marakana" öyingohi Braziliya terma jamoasi bilan birgalikda Rio-da-Janeyrodagi "Flamengo" va "Fluminense" jamoalarining uy uçraşuvlari ötkaziladigan stadion hisoblanadi.