Ummondagi politsiya uçastkasiga ilk marta ayol kişi rahbarlik qiladigan böldi. Gulf News şu haqida xabar berdi. 

Poytaxt Masqat şahridagi Vatayah politsiya uçastkasining yangi rahbari leytenant Şayxah bint al-Aşur Hambasiyah Ummonda uşbu lavozimni egallagan birinçi ayol sifatida tarixga kirganidan baxtiyor ekani va bundan faxr tuyğusini his qilganini aytdi. 

U barça sohalarda muvaffaqiyatlarga erişiş, yangi iş joyi hamda oila örtasida muvozanat saqlaş uçun imkon qadar harakat qilişini ma'lum qildi. 

"Mening işimni yaxşi tuşunuvçi turmuş örtoğim va oilam borligi tufayli köp qiyinçiliklarni bartaraf qilişga muvaffaq böldim", - dedi u. 

Şayxah Ummon qirollik politsiyasiga 1990 yilda qöşilgan. 1996 yilda u ayol ofitserlar uçun ajratilgan ilk örinlarga da'vogarlik qilgan va natijada Masqat politsiyasida voyaga yetmaganlar bilan şuğullanuvçi bölim boşliği sifatida faoliyat yuritgan. 

Keyinçalik u qirollik politsiyasining boşqa lavozimiga ötdi va oxir-oqibat Vayatah politsiyasining rahbari lavozimiga tayinlandi. 

Şayxah Ummondagi barça ayol politsiyaçilarni fidokorona xizmat qiliş va işda taşabbus körsatişga çaqirdi.