10-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Moskva şahrida Özbekiston fuqarolarining uşlangani aks etgan videolar tarqaldi.

Holat yuzasidan Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi Konsullik bölimi xodimlari Migratsiya agentligining Moskva şahridagi vakolatxonasi vakillari bilan birgalikda «Kommunarskiy» OMVDga borib, voqea tafsilotlarini örgandi hamda fuqarolarga zarur yordam körsatiş çoralarini kördi.

Rossiya tomoni bilan ötkazilgan uçraşuvda maʼlum bölişiça, «Kommunarka-1» SNT hududida joylaşgan xostelda reyd tadbirlari ötkazilgan. Uning natijasida politsiya bölimiga jami 32 nafar xorijiy fuqaro olib kelingan. Ularning 7 nafari Özbekiston fuqarolari bölgan.

Özbekiston tomoni va Rossiya mutasaddilari örtasida ötkazilgan muzokaralar natijasida 6 nafar Özbekiston fuqarosi ozod qilingan.

Yana bir Özbekiston fuqarosi migratsiya qonunçiligi talablarini buzgani aniqlangani sababli uni Rossiya Federatsiyasi hududidan çiqarib yuboriş böyiça belgilangan tartibda qaror qabul qilingan.

Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda «Kommunarskiy» OMVDda fuqarolardan biri vafot etgani haqida tarqalgan maʼlumot ham tekşirilgan. Rasmiy maʼlumotga köra, bu xabar öz tasdiğini topmagan.