Suriya prezidenti Başar Asadning siyosiy kelajagi masalasi Ostonada bölib ötadigan muzokara mavzularidan biri bölişi kutilmoqda. Bu haqida GFR TIV vakili Martin Şefer ma'lum qildi.
"Bizning nuqtai nazarimizda Rossiya, Eron va Turkiya tomonidan e'lon qilingan, yaqin haftalar içida Suriya hukumati va muxolifat vakillarini bir joyda töplaşi rejalaştirilgan uçraşuv BMT şafeligi va hamkorligida ötkazilişi muhim", - deya ta'kidladi Şefer.
Uning sözlariga köra, uşbu jarayonda asosiy vositaçi - BMT boş kotibining Suriya böyiça maxsus elçisi Staffan de Mistura bölişi kerak.
Şefer şuningdek Suriyadagi ötiş jarayonida Asadning iştirok etişi mumkinligini aytdi va şu örinda, Berlin Suriyaning kelajagini Asad bilan tasavvur qila olmasligini ma'lum qildi.












