Puerto-Riko boks komissiyasi sobiq jahon çempioni Xuan Manuel Lopesni olti oyga çetlatiş haqida qaror qabul qildi. Bu uning murabbiy Albert Rivera va kiçik Vilfredo Vaskes bilan jangdan söng muştlaşgani sabab röy berdi, deb xabar qiladi Boxingscene portali.
Ikkinçi yengil vazn toifasida qatnaşadigan Lopes 2016 yilning 29 oktabr kuni hamyurti Vaskesni 11-raundda nokautga uçratgandi. Ğalabani nişonlaş paytida ringga Vaskesning murabbiyi Rivera çopib çiqdi va Lopes bilan muştlaşib ketgan.
Puerto-Riko boks komissiyasi hodisadan söng muştlaşuvda iştirok etgan har ikki şaxsni çetlatib, ularga 1 ming va 500 AQŞ dollari miqdorida jarima tayinladi.
Ma'lumot uçun, Lopes 2012 yilda jangdan söng refereni haqorat qilgani uçun bir yilga diskvalifikatsiya qilingandi.












