Semizlikka moyilligi bölgan aksariyat kişilar ortqiça vazndan sport maşğulotlari yordamida xalos bölişga harakat qilişadi. Yaqinda AQŞ Soğliqni saqlaş milliy instituti olimlari töladan kelgan kişilar nafaqat ortiqça vazn tufayli harakatlanişga qiynalişi, balki sport bilan şuğullanişdan zavq olişga halaqit beruvçi miya biokimyosi ham bunga sabab bölişini ma'lum qilişdi. Labaratoriya şaroitlarida ötkazilgan tajriba natijalari mazkur nazariyani tasdiqladi. Bu haqida Hi-News naşri xabar berdi. 

Uşbu tadqiqotlar rahbari Alekksay Kravitts uzoq vaqt mobaynida miya kasalliklarini örgangan. Ortiqça vaznga boğliq mavzuga diqqatini qaratgan olim labaratoriyadagi Altsgeymerga çalingan siçqonlar va semiz siçqonlarni birlaştiruvçi umumiy belgilarning köpligidan ajablandi. Bularning barçasi siçqonlarning past jismoniy faolligi dofamin neyromediatori faoliyatidagi xatolarga boğliqligiga işora qiladi. Aynan şu modda biz bajarayotgan u yoki bu jarayonlardan zavq oliş imkonini beradi. 

Tadqiqot ötkaziş uçun labaratoriya siçqonlarining ikki nazorat guruhi şakllantirildi. Bir guruh 18 hafta davomida juda yoğli taomlar bilan oziqlantirildi, boşqasi esa - soğlom taomlar bilan. Tadqiqotning ilk oyi oxiriga borib, birinçi guruh siçqonlari sezilarli darajada sekin harakatlana boşlaşdi. Faollikning pasayişi ularning ortiqça vaznning aksariyat qismini yiğişidan avval kuzatilgan. Tadqiqotçilar dofamin uzatiş yölidagi 6 asosiy omilning nazorat ölçamlarini olişdi va ortiqça vazn yiğayotgan siçqonlarda oqsil-retseptorlaridan biri D2 dofamini kamayganini aniqlaşdi. 

Aynan şu özgariş kemiruvçilarda harakatlaniş istagining yöqolişiga olib keldi. D2 oqsili ortiqça vazn töplaşga heç qanday ta'sir körsatmaydi, u faqat siçqonning harakatlaniş faolligida öz aksini topadi. Olimlarning fikriça, ortiqça vaznli insonlarda ham xuddi şunday holat yuz beradi. Biz vazn yiğayotganimizda miyamiz qöşimça harakatlarni amalga oşirişni istamaydi. Şunday ekan, qanday sport haqida gap ketişi mumkin?! Miya biokimyosidan ustun böliş va ortiqça vazndan qutuliş uçun juda kuçli iroda sohibi böliş kerak.