Özbekiston Respublikasining Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlar davom etmoqda. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar bergan. 

Qömitaning uşbu sohadagi faoliyati tahlilining körsatişiça, aholining iste'molçilik madaniyati tobora oşib bormoqda. Xususan, 2016 yilda Davlat raqobat qömitasi va uning hududiy organlariga jami 6843 ta murojaatlar kelib tuşgan bölib, şundan 5011 tasi – yozma, 1832 tasi işonç telefoni orqalidir. 

Murojaatlarning aksariyati kommunal sohaga (61,3 foiz), savdo va umumiy ovqatlantirişga (22,2 foiz), transport, xizmat va kommunikatsiyalar sohalariga (6,5 foiz) va boşqa sohalarga (10,0 foiz) töğri kelgan. 5011 ta yozma murojaatlarning 4591 tasi iste'molçilarning foydasiga hal etildi, işonç telefonlari orqali tuşgan 1832 ta murojaatdan 1135 tasi körib çiqildi va tegişli çoralar körildi, qolgan 697 ta murojjatlar böyiça Davlat raqobat qömitasi vakolatlari doirasida tegişli tuşuntirişlar berildi. 

Jami bölib 2 927,3 mln. söm iste'molçilarning foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.