Ayrim mobil aloqa operatorlari yaqin kunlarda tariflarni oşirişi haqida eʼlon qildi. Bu esa isteʼmolçilarning haqli eʼtirozlariga sabab bölmoqda, deya bayonot berdi Raqobat qömitasi.

“Tarif rejaga kiritilgan internet trafikning oşirilişiga qaramasdan, aloqa sifatining kafolatli darajasi taʼminlanmayotgani natijasida, taqdim etilgan trafikning töliq işlatiş imkoniyati mavjud emasligi, va işlatilmagan internet trafik keyingi oyga ötmasligi, tariflarning oşişi internet trafikning oşişiga nomutanosib ekanligi qayd etilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Raqobat qömitasi tomonidan mobil aloqa operatorlarini narxlarni oşirilişi asosliligini örganiş boşlandi.

Örganiş natijalarida operatorlar tomonidan raqobatga zid hamda isteʼmolçilar huquqlarini kamsituvçi harakatlar aniqlangan taqdirda örnatilgan tartibda tekşiriş ötkaziladi va uşbu holatlar tasdiqlanganda amaldagi qonunçilikka muvofiq tegişli çoralar körilişi maʼlum qilinadi”, – deyiladi bayonotda.

Isteʼmolçilar huquqlarini himoyalovçi organning qayd etişiça, 2025-yil va 2026-yil 9 oyi davrida Raqobat qömitasi tomonidan raqobat va isteʼmolçilar manfaatini taʼminlaş maqsadida bir qator körsatmalar yuborilgan va ijrosi taʼminlangan. Xususan:

  • Beeline'da oylik abonent tölovini yeçiş uçun hisobda mablağ yetarli bölmaganda, avtomatik ravişda kunlik tarif rejasiga isteʼmolçilarni ogohlantirmasdan ötiş amaliyoti bekor qilindi va uşbu xizmatlarni boşqariş imkoniyatlari yaratildi. Şu kabi, davlat organlarining 100 dan ortiq qisqa raqamli işonç telefonlariga çiqiş qönğiroqlari uçun Beeline tomonidan undirib kelinayotgan tölovlar bepul qilindi.

  • Mobiuz tomonidan ayrim tarif rejasiga ötiş bilan boğliq texnik çeklovlar bartaraf qilindi va isteʼmolçilarga tarif şartlari böyiça töliq maʼlumotlar aks ettirilişi taʼminlandi.

  • Ucell tomonidan uyali aloqa xizmatlarini taqdim etişga doir ommaviy ofertasi qayta körib çiqilib, unda moddiy va maʼnaviy zarar uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi talablar kiritilişi taʼminlandi.