Özbekiston Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi "Özbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari töğrisida"gi qaroriga muvofiq, alohida sub'yektlarga soliq imtiyozlari belgilandi, şu bilan birga avval belgilangan ba'zi imtiyozlar muddati uzaytirildi. Bu haqida Norma.uz saytida ma'lum qilindi.
"Özbekiston havo yöllari" milliy aviakompaniyasining Maxsus aviatsiya işlari (MAI) imtiyozlari belgilandi
"Özbekiston havo yöllari" milliy aviakompaniyasining Maxsus aviatsiya işlari (MAI) aviakompaniyasi 2022 yilning 1 yanvariga qadar barça turdagi soliqlar va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalarni tölaşdan ozod qilindi.
Ma'lumot uçun: kompaniyaning aviatsiya transporti qişloq xöjaligida aviakimyoviy işlarni bajariş, vazirliklar va idoralar buyurtmasiga köra, aerofototasvir parvozlarini amalga oşiriş va şu kabi maqsadlarda qöllaniladi.
Imtiyozlarga töğirlaşlar kiritildi va uzaytirildi
«JV MAN Auto – Uzbekistan» MÇJ 2020 yilning 1 yanvariga qadar ozod qilinadigan soliqlar va majburiy tölovlar röyxatiga aniqlik kiritildi: yuridik şaxslarning daromad soliği, qöşimça qiymat soliği, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş va obodonlaştiriş soliği, Moliya vazirligi qoşidagi Respublika yöl jamğarmasiga tölanadigan majburiy tölovlar.
Şuningdek quyidagi xizmat turlarini taqdim etuvçi mikrofirma va kiçik korxonalar uçun yagona soliq tölovi va daromad soliği tölaşga doir imtiyozlarning amal qiliş muddati 2020 yilning 1 yanvarigaça uzaytirildi: qişloq joylarida poyabzal va çarm mahsulotlari, soatlar, maişiy elektron uskunalar va elektr jihozlarni (televizor, audio va video qurilmalar, kompyuter, printer texnikalari, muzlatgiç, konditsionerlar va b.ş.) ta'mirlaş sohasidagi xizmatlar, şuningdek, qişloq joylarida körsatiladigan sartaroşlar va gözallik salonlari xizmatlari, Qişloq joylardagi kiyim-keçak tikiş va töğirlaş xizmatlari, kimyoviy tozalaş xizmatlari, ta'lim sohasidagi xizmatlar (masalan, kompyuterda işlaşni örgatiş), sanatoriylar, bolalarni soğlomlaştiriş muassasalari, bolalar sport muassasalari va seksiyalar xizmatlari, bundan taşqari, bolalar, nogironlar va keksa yoşli fuqarolarni parvariş qilişga oid xizmatlar, axborot-resurs markazlari, elektron ta'lim , axborot-kutubxona markazlari xizmatlari, qişloq joylarda körsatiladigan kompyuter dasturlaş xizmatlari.
Davlat Geologiya qömitasi, "Navoiy TMK" davlat korxonasi hamda "Olmaliq TMK" AJning geolgiya-qidiruv işlarini ötkaziş uçun jihozlar, materiallar, maxsus transport vositalari, şuningdek, ularning ehtiyot qismlarini olib kirişda bojxona tölovlaridan ozod qilişga doir imtiyoz muddati 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.
Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalaş hamda mutaxassislarni tayyorlaş sifatini tubdan yaxşilaş dasturi doirasida olib kirilayotgan zamonaviy öquv-laboratoriya va kompyuter texnikasi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy-uslubiy adabiyotlari 2017 yilning 31 dekabrigaça bojxona tölovlaridan ozod etilgan, ya'ni hujjatning amal qiliş muddati bir yilga çözilgan.
Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçilariga tölovlardan ozod qilişga doir imtiyozlar 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi uçun olib kiriluvçi umumiy mustahkamlovçi polivitaminlar majmuiga nisbatan belgilangan bojxona tölovlaridan ozod qiliş imtiyozlari 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.
Bojxona hujjatlarini rasmiylaştiriş yiğimlari bundan mustasno.











