Janubiy Koreya konstitutsion sudi parlamentning prezident Pak Kin Xening impiçmenti yuzasidan qaroriga doir ilk oçiq majlisini ötkazdi. U davlat rahbarining kelmagani tufayli atigi töqqiz daqiqa davom etgan.

Renxap agentligining ma'lumotlariga köra, Janubiy Koreya prezidentining kelmagani tufayli sud ayblov va himoya tomonining sözga çiqişini payşanba kuniga qoldirdi. Pak Kin Xe yana sudga kelmaydigan bölsa, kelajakdagi majlislarda uning işonçli vakili qatnaşadi.

Impiçment sud tomonidan tasdiqlanadigan bölsa, mamlakatda ikki oy davomida yangi prezident saylovlari ötkazilişi lozim. Pak Kin Xening prezidentlik vakolatlari rasman 2017 yilning fevralida yakuniga yetişi kerak edi.

Ma'lumot uçun, Janubiy Koreya huquqni muhofaza qiliş organlari mamlakat prezidentining dugonasi Tsoy Sun Silni heç qanday davlat lavozimlarini egallamay turib, prezident tomonidan qabul qilinayotgan siyosiy qarorlarga ta'sir ötkazişda gumon qilmoqda. Bu holat esa oxir-oqibat prezidentga impiçment e'lon qilişga sabab böldi.

Tsoy Sun Sil hibsga olindi. U va prezident ma'muriyatidagi ikki nafar yuqori lavozimli amaldorga xizmat vazifalarini suiiste'mol qiliş böyiça ayblovlar qöyildi. Mamlakat parlamenti esa 9 dekabr kuni prezident Pak Kin Xega impiçment e'lon qilişga ovoz berdi. Davlatda prezident vazifasini vaqtinça boş vazir Xvan Gyo An bajarmoqda.