AQŞ Kongressi Vakillar palatasi respublikaçilar ovozi bilan mudofaa vaziri Pit Hegsetga nisbatan impiçment eʼlon qiliş töğrisidagi rezolyutsiyani Huquqiy masalalar qömitasiga yubordi. Bu qaror amalda taşabbusni Kongressning yangi tarkibi yanvar oyida iş boşlagunga qadar töxtatib qöyadi.
10-noyabr, seşanba kuni keçqurun AQŞ Kongressi Vakillar palatasi respublikaçilarning mudofaa vaziri Pit Hegsetga qarşi impiçment rezolyutsiyasini palataning Huquqiy masalalar qömitasiga yuboriş töğrisidagi taklifini maʼqulladi.
Taklifni 211 nafar kongressmen qöllab-quvvatladi, 204 nafari esa unga qarşi ovoz berdi.
Mazkur qömita respublikaçilar nazoratida bölgani sababli, Hegsetni lavozimidan çetlatiş taşabbusi Kongressning keyingi tarkibi iş boşlagunga qadar amalda töxtatildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Kongressning yangi tarkibi 2027-yil 3-yanvardan iş boşlaydi.
Noyabr oyida ötkazilgan oraliq saylovlar natijasiga köra, Demokratik partiya vakillari Kongressning har ikki palatasida - Vakillar palatasi va Senatda köpçilik örinlarni egallaydi.
Yangi tarkib öz vakolatlarini bajarişga kirişgaç, demokratlar mudofaa vazirini lavozimidan çetlatiş uçun yana bir bor harakat qilişi mumkin.
Buning uçun Vakillar palatasida oddiy köpçilik ovozi, Senatda esa deputatlarning uçdan ikki qismi qöllab-quvvatlaşi talab etiladi.
Şu paytga qadar AQŞ tarixida biror marta ham mudofaa vaziriga nisbatan impiçment eʼlon qilinmagan.
Hegsetga qarşi impiçment rezolyutsiyasi loyihasini uning partiyadoşi - Kentukki ştatidan saylangan respublikaçilar vakili Tomas Messi taqdim etgan.
Kongressmen mudofaa vazirini öz vakolatlarini suiisteʼmol qilişda ayblagan. Xususan, u Kongress ruxsatisiz boşlangan Erondagi uruşni bunga misol qilib keltirgan.
Hegset esa öziga qöyilgan ayblovlarni rad etib, ularni «masxarabozlik» deb atagan.
«Tarix Erondagi uruşga bugungi kunda jamoatçilik fikrida ustunlik qilayotgan qaraşlardan mutlaqo boşqaça baho beradi», - dedi vazir Pentagonda ötkazilgan matbuot anjumanida.













