AQŞ Usoma bin Lodinning öğli Hamza bin Lodin va "Arabiston yarimorolidagi "Al-Qoida" yetakçisi" Ibrohim al-Bannaga qarşi sanksiya kiritdi, deb ma'lum qildi AQŞ Davlat departamenti.
Ma'lum qilinişiça, Hamza bin Lodin "AQŞ milliy xavfsizligi va fuqarolariga jiddiy xatar bildiruvçi" faoliyati sababli sanktsion röyxatga kiritilgan. U 2015 yil avgustdan rasman "Al-Qoida" safiga kirgan bölib, ğarb davlatlari poytaxtlariga hujumlar qilişga, jumladan AQŞ va amerikaliklardan öç olişga çaqiradi.
Sanktsion röyxatga "Al-Qoida"ning Arabiston yarimorolidagi yetakçilaridan biri Ibrohim al-Banna ham kiritildi. AQŞ ma'lumotlariga köra, u terrorçilik guruhi uçun "jangarilarni tayyorlaşda va ma'lumot töplaşda köp marotaba iştirok etgan". AQŞ avvalroq al-Bannaning tutilişiga kömak berganlik uçun 5 mln dollar miqdorida mukofot puli va'da qilgandi.
AQŞ moliya vazirligi qarori bilan yuqoridagi şaxslarning AQŞ hududidagi barça mol-mulki va moliyaviy aktivlari muzlatib qöyiladi, AQŞ fuqarolariga ular bilan iş olib boriş taqiqlanadi.








