Qirğiziston fuqarosi, Öş viloyatida istiqomat qiluvçi tadbirkor Akjöl Kalboyev 10 kun davomida Tojikistonning Xöjand viloyati hududida tutqunlikda saqlangan. Bu haqda Turmush saytida xabar qilindi.

Ma'lum bölişiça, Kalboyev özining sobiq hamkorinikiga mehmon bölib borgandi. Safari davomida tutib, qamab qöygan şaxslar uni kaltaklaşgan va uning qarindoşlari bilan aloqaga çiqib, 23 ming dollar miqdoridagi tovon puli talab qilişgan.

Faqat 10 kundan keyingina, 29 dekabr kuni Tojikiston huquq-tartibot organlari uni tutqunlikdan ozod qilişgan va Qirğizistonga qaytarilgan.

Öş viloyati IIB ma'lumotiga köra, Tojikiston maxsus xizmatlari bu hodisa böyiça tekşiruv boşlagan. 

Ayni vaqtda Kalboyev Öş şahridagi xususiy klinikalardan birida qolmoqda.