Şarof Raşidov tumanida yaşovçi kelinçak suv bilan kuydirilgani, suvaraklarga qarşi işlatiladigan dorini içişga majburlangani va yolğiz, xonada qamab qöyilganini aytmoqda. Uning tanasida 6-8 foiz maydonni qamrab olgan 2-3A darajali kuyişlar borligi maʼlum qilingan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Ikkinçi tomon ayblovlarni rad etib, hodisa oilaviy maişiy janjal ekanini aytmoqda.
Kun.uz muxbiri voqea iştirokçilari bilan suhbatlaşib, oilada nima sodir bölganini örganişga harakat qildi.
Hozirgi vaqtda ayol şifoxonada davolanmoqda. Içki işlar organlari maʼlumotiga köra, unda tana yuzasining 6-8 foizini qamrab olgan 2-3A darajali kuyişlar aniqlangan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, voqea joyi közdan keçirilib, aşyoviy dalillar olingan.
8-sentabr kuni Şarof Raşidov tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.
Mehribonning aytişiça, u turmuş örtoği bilan bir yildan beri birga yaşab kelgan. Ularning bir nafar qiz farzandi bor. Biroq erkak nikohi va farzandi haqida yaqinlariga avval aytmagan.
Mehribonning sözlariga köra, eri 2026-yil 21-may kuni qamoqqa tuşganidan keyin oilasiga xotini va farzandi borligini maʼlum qilgan hamda yaqinlaridan Mehribonga qarab turişlarini söragan.
“Kelinimiz bilan örtamizda muammo bölmagan...”
Erkakning opasi Zarnigor Yöldoşeva Mehribon va uning qizini olib, ular bilan alohida kvartirada yaşay boşlagan.
Mehribon qaynonasi uning hujjatlarini körsatib, kreditga bir qança qimmatbaho taqinçoqlar, mahsulotlar olganini aytmoqda.
Zarnigorning özi Kun.uz'ga ukasi qamoqqa tuşganidan keyin uning farzandi borligini bilganini aytdi. Uning sözlariga köra, Mehribon va farzandini iyun oyida uyiga olib kelgan. Birga yaşagan davrda ularning örtalarida jiddiy kelişmovçilik bölmagan.
«Biz yaxşi yaşaganmiz. Uruş, janjal, heç narsa bölmagan», - dedi Zarnigor.
Zarnigorning aytişiça, Mehribon bilan uning turmuş qurmagan singlisi Ruxşona örtasida kelişmovçilik bölgan.
Uning taʼkidlaşiça, bu mojaro vaqtida Mehribon va Ruxşona bir-birini kuydirgan. Biroq bu haqda u voqea sodir bölgan paytda bilmagan. Keyin ikki ayol özaro yaraşib olganini aytgan.
















