Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida öz qiziga tezak yedirgan otaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 25 iyul kuni Qumqörğon tumanida yaşovçi ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, 33 yoşli turmuş örtoği Ç.B. voyaga yetmagan qizini qiynaganini ma’lum qilgan.
Aniqlanişiça, ota öz qizini qiynab, unga nisbatan nomaqbul harakatlar sodir etayotgani tasviri 2025 yil 30 dekabr kuni olingan bölib, keyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
Holat yuzasidan Qumqörğon tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynaş) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Daryo.uz naşrining yozişiça, ota 9 yoşli qizini jazolaş maqsadida öz uyida molxonadan tezak olib kelişni buyurgan va uni majburlab qizning oğziga solişga uringan. Bölib ötayotgan maş’um voqeani otaning özi telefonida videoga olgan.
Ota taşqariga qoçib çiqqan qizini yana oldiga çaqirib olgan va yotqizib olib, majburlab tezakni qizining oğziga solgan. Söngra şu xonada bölib turgan 7 yoşli qizi otasining buyruği bilan olib kelgan piyoladagi qaynoq suvni tönğiç qizining oğziga quygan.








