Şimoliy Koreya rahbariyati 2017 yil oxiri yoki 2018 yil boşigaça AQŞ hududiga yetib boradigan, yadroviy kallakli qit'alararo ballistik raketa yaratişni öz oldiga maqsad qilib qöydi. Bu haqda Londonda işlagan va Janubiy Koreyaga qoçib ketgan sobiq Şimoliy koreyalik diplomat Txe Yon Xoga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Şimoliy Koreya AQŞ va Janubiy Koreyada siyosiy özgarişlarni hisobga olib, 2017 yil oxiri yoki 2018 yil boşigaça AQŞgaça yetib bora oladigan raketalarga örnatiş mumkin bölgan, ölçamlari kiçik yadroviy zaryadlarni yaratişni öz oldiga maqsad qilib qöygan", deb aytgan sobiq diplomat.
5 yanvarda Koreya markaziy telegraf agentligining ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreyada qit'alararo ballistik raketaning sinovdan ötkazilişi yakuniy bosqiçda turibdi. Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In xalqiga yangi yil murojaatida "agar AQŞ tajovuzkor siyosatini bas qilmasa, Şimoliy Koreya öz harbiy salohiyatini mustahkamlaşini" aytgan. Şimoliy Koreya yetakçisi öz davlatini "Şarqning yadroviy davlati" deb atagan.
BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasi Şimoliy Koreyaga ballistik raketa sinovlarini ötkazişni taqiqlaydi. Pxenyanda bu hujjatlar tan olinmaydi, çunki mamlakat Vaşingtonning duşmanona siyosati sababli özining mudofaa qobiliyatini oşirişga töliq huquqqa egaligi aytiladi.












