Zokir Möminov hamda Nurilla Nosirovning (ism-familiyalar özgartirilgan) asl kasbi elektromontajçi. Biri Mirzo Uluğbek tuman elektr tarmoqlari korxonasida, ikkinçi poytaxtdagi xususiy korxonalarning birida işlaydi. Özaro suhbatlarining birida Z.Möminov şerigiga qonuniylikka töğri kelmasa-da, unça-munça daromad topiş mumkinligini aytgan edi, N.Nosirov öylab ham ötirmay, rozi böldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Ikkovlon Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan “Yagona” ovqatlaniş majmuasiga kirib kelişdi.
- Biz “tuman elektr korxonasi”danmiz. Elektrdan bölgan qarzdorligingiz haqida bildirib qöyaylik, deb keldik, - dedi ulardan biri.
- Iye, şunaqami? Kelinglar, elektrdan qarzimiz bor ekanmi? – söradi majmua iş yurituvçisi Botir Islomov.
- Bor ekan ham gapmi, aka, naqd 5 mln. 200 ming söm-a! Tez tölamasangiz, oşxonani tarmoqdan uzamiz.
Bu gap B.Islomovning “kapalagini uçirdi”. Arang “yöğ-ye”, deya oldi.
Aslida oşxonaning elektrdan qarzi 856 ming söm edi. Ular töğrisini aytişganida, tölov tezda amalga oşirilib, muammo hal etilardi. Biroq jarayon bunday ketsa, özlari quruq qolişlarini ham yaxşi bilişardi.
- Buni yeçimi bor, aka. Faqat... isi çiqmasligi kerak.
- Meni kim deb öylayapsizlar?! Menga yordam berasizlar-u, sizlarni foş qilamanmi? – dedi iş yurituvçi.
- Unda eşiting, 2 mln. söm evaziga işingiz hal böladi. Faqat pulni tezroq yetkazasiz...
Iş yurituvçi avvaliga ularning talabiga könmadi. Elektr tarmoqlari korxonasiga borib, qarzining qançaligini bildi va pulni tölab, faoliyatini davom ettiraverdi. Mömay pul ilinjida bölgan ikki tamagir esa işni şundoq qoldirişmadi. Oradan bir hafta ötgaç, yana kelib, döq-pöpisa qildilar. B.Islomov ularning talabini bajarişdan boş tortdi.
Rejalari amalga oşmagan tovlamaçilar oşxonani elektr tarmoğidan uzib qöyişdi. Noiloj qolgan iş yurituvçi ular söragan pulni keçgaça topib berişni va'da qildi.
Şunday söng B.Islomov ularning noqonuniy xatti-harakatlari töğrisida SVOJJDLQK departamentining Mirzo Uluğbek tuman bölimiga ariza bilan murojaat qildi. Nafsining gapiga kirib, jinoyatga qöl urgan Z.Möminov hamda N.Nosirov tovlamaçilik yöli bilan tadbirkordan 2 mln. söm pulni olayotgan vaqtda qölga olindi.
Ular sud tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan aybdor deb topilib, axloq tuzatiş işlari jazosiga tortildi.












