Britaniyalik harbiy jurnalist, Ikkinçi jahon uruşi boşlangani haqida birinçi bölib xabar bergan Kler Hollinguort 105 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda "Bi-Bi-Si" xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga köra, u özi 60 yildan buyon istiqomat qilib kelgan Hongkongda vafot etgan.

Hollinguort xonim 1939 yilning sentabrida Polşadan Germaniyaga ketayotganida nemis qöşinlari çegarani buzib ötayotganiga guvoh bölib qolgandi. U darhol öz körganlari haqida xabar tarqatgan.

Özining jurnalistik faoliyati davomida u Vetnam, Jazoir, Hindiston, Pokiston va Yaqin Şarqda işlagan, şuningdek, Xitoydagi madaniy inqilob voqealarini yoritgan.