Qozoğistonning BMT Xavfsizlik Kengaşidagi faoliyati global uruşlar oldini oliş uçun sa'y-harakatlarni kengaytirişga qaratilgan böladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev aytib ötdi.
"Qozoğiston Xavfsizlik Kengaşida olib boradigan işlar mintaqalardagi qurolli qarama-qarşiliklar darajasini kamaytirişga va şu orqali global uruşlarning oldini olişga qaratilgan böladi", — deyilgan prezident murojaatida. Uning nutqi Qozoğiston TIV saytida keltirilgan.
Nazarboyevning işonç bildirişiça, "davlatlarning muammolarini tinç yöl bilan hal etiş va uruşlardan voz keçiş XXI asrda insoniyat özini omon saqlab qolişi uçun eng asosiy vositadir".
Bundan taşqari, Qozoğiston BMTning uzoq muddatga möljallangan tinçlikparvarlik tizimini yoqlaydi va BMT missiyasida özining harbiy kuzatuvçilari hamda tinçlikparvar kuçlari sonini oşiradi.
"Kengaşdagi faoliyatimiz davomida biz Falastin-Isroil qarama-qarşiligi, Yaqin Şarqdagi ziddiyatlar, Afğoniston va Koreya yarim orolidagi muammo, Afrika va Osiyodagi inqirozlarning bartaraf etilişi yölida öz hissamizni qöşmoqçimiz", — degan prezident.
Qozoğiston 2017 yil 1 yanvaridan boşlab 2 yillik muhlatga Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Xavfsizlik Kengaşi a'zosi etib saylangan.
BMT Xavfsizlik Kengaşining 5ta doimiy a'zosi bor.
AQŞ, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy Xavfsizlik Kengaşi qaroriga veto kiritiş huquqiga ega mamlakatlar hisoblanadi.
Xavfsizlik Kengaşining nodoimiy 10 a'zosi 2 yil muddatga saylanadi va har yili 5tasining joyi almaşadi.
Qozoğiston BMTning global tinçlik va xavfsizlikni ta'minlovçi tizimiga saylangan ilk Markaziy Osiyo davlati böldi.












