Mösuldagi harbiy harakatlar oqibatida jarohat olganlarning deyarli yarmi tinç aholi vakillaridan iborat. U yerda Iroq xavfsizlik kuçlari AQŞ rahbarligidagi koalitsiya kömagida IŞID terrorçilik guruhi jangarilariga qarşi amaliyot ötkazmoqda. Bu haqda BMTning Iroqdagi gumanitar masalalar böyiça muvofiqlaştiruvçisi Liz Grande Nyu-Yorkda xabar qildi.
Uning sözlariga köra, amaliyot boşlangandan beri öqotar quroldan yaralanganlar soni “oddiy fuqarolarning 47 foizini taşkil etadi”. “Bunday qarama-qarşiliklarda tinç aholi vakillaridan jarohat olganlar soni odatda 15-20 foizga teng böladi; Mösuldagi esa qurbonlarning yarmi oddiy insonlar bölganini körişimiz mumkin”, - xabar berdi u Iroqdan videoaloqa orqali çiqiş qilib. BMTning gumanitar masalalar böyiça muvofiqlaştiruvçi boşqarmasi ma'lumotlariga köra, Mösulning şarqiy qismida yanvarning birinçi haftasidayoq 683 kişi Erbil va Dahukadagi kasalxonalarga olib ketilgan. Şu bilan bir qatorda, dekabrning sönggi haftasida jarohat olganlar soni 817 kişini taşkil qildi.
Grande Mösul aholisi katta xavf ostida qolganini aytdi. Bu iroqlik harbiylar tomonidan tegişli çoralar körilayotganiga qaramay yuz bermoqda. Uning sözlariga köra, harbiy kuçlar tumanning aholi gavjum joylariga aviazarbalar bermay, şahar fuqarolaridan uylarda qolişni talab qilmoqda. Bundan taşqari, kişilarni harbiy harakatlar zonasidan xavfsiz olib çiqiş böyiça yölaklarni taşkil qilmoqda.
BMT vakilining fikriça, Mösuldagi tinç aholining aksariyat qismi ölimiga IŞID jangarilari javobgar. Ular kişilardan “tirik qalqon” sifatida foydalanmoqda. “Ular şaharni tark etişmoqçi bölişsa, oziq-ovqat olişmoqçi bölişsa - öt oçişmoqda”, - dedi u. Uning ma'lumotlariga köra, Mösulning terrorçilar tomonidan töliq nazorat ostida bölgan ğarbiy qismida 750 ming kişi bor. Yana 450 ming inson şaharning şarqiy hududlarida joylaşgan.
Grande Ğarbiy Mösul hukumat kuçlari tomonidan tösib qöyilişidan xavotirda. “Biz bu aniq röy berişi borasida ma'lumotlarga ega emasmiz, biroq uşbu holat yuz berişidan xavotirdamiz. 750 ming kişini tösib qöyiş dahşatli fojialarga olib keladi”, - deya ogohlantirdi u. Uning sözlariga köra, BMT buni hisobga olgan holda şaharga köproq gumanitar yordam kiritişga harakat qilmoqda. Bu halokatning oldini oliş maqsadida amalga oşirilmoqda.
Ma'lumot uçun, Iroqning kattaligi böyiça ikkinçi şahri hisoblangan Mösul ikki yildan ortiq vaqt davomida IŞID nazorati saqlanib turibdi. Uni ozod qiliş böyiça yer usti amaliyoti 2016 yilning 17 oktabr kuni boşlangan bölib, unda hukumat kuçlari, şialar köngillilari va “peşmerga” kurd tuzilmalari iştirok etmoqda. Ularning Iroq harbiy havo kuçlari va AQŞ boşçiligidagi koalitsiya aviatsiyasi qöllab-quvvatlamoqda. BMT ma'lumotlariga köra, amaliyot oqibatida deyarli 140 ming iroqlik öz uyini taşlab çiqib ketişga majbur bölgan.












