Toşkent hokimiyatida 6 yanvar kuni aliment tölamaslik muammosiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.

Ötgan yilning 1 dekabri ma'lumotiga köra, Özbekiston poytaxtida sud ijroçilari bölimlari iş yurituvida 21,904ta aliment undiruvi bilan boğliq ijro hujjatlari mavjud bölib, şundan 9307tasi yoki 42 foizi keyingi 2 yil davomida qöşilgan.

Özbekiston Respublikasi boş vazirining virtual qabulxonasi orqali ötgan yilning sentabr oyidan boşlab 3 oy muddat içida Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etiş, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta'minlaş departamenti Toşkent şahar hududiy boşqarmasiga kelib tuşgan jami 1524ta murojaatdan 688tasi (45,1 foiz) davriy aliment qarzdorliklar bilan boğliq masalalarni taşkil qilgan.

21 dekabr kuni Toşkent şahar hokimligi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etiş, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta'minlaş departamenti Toşkent şahar hududiy boşqarmasi, Toşkent şahar IIBB, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Toşkent şahar bölimi va Mehnat boş boşqarmalarining aliment tölovlariga oid ijro hujjatlari ijrosini muddatida töliq va sifatli bajarilişi böyiça hamkorligini yanada oşiriş, şuningdek, bu borada idoralararo nazorat hamda axborot almaşinuvining samarali tizimini joriy etiş maqsadida qöşma qaror qabul qilingan. U «Toşkent şahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari böyiça davlat organlari va jamoat taşkilotlari bilan hamkorligini yanada kuçaytirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlari töğrisida» deb nomlangan.

Matbuot anjumanida qayd etilişiça, endilikda alimentlarni undiriş işlari nafaqat sud ijroçilari, balki boşqa davlat organlari va jamoat taşkilotlari, jumladan, uçastka militsiya nozirlari, mahalla qömitalari vakillari va iş bilan ta'minlaş bölimlari bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.

«Gazeta.uz» xabariga köra, aliment tölaş böyiça qarzi bölgan işsiz fuqarolar qonuniy tartibda işga jalb qilinadi. Mehnat boşqarmasi mahallalar, içki işlar organlari va sud ijroçilari bilan birgalikda qarzdorga monitoring asosida vakansiyalarni taklif etadi. Rad etilgan taqdirda, sud ijroçilariga ular işini jinoiy sudlarga topşiriş huquqi berildi.

Bölğusi sud işlarining oldini oliş uçun sudlarga ajraşuv töğrisidagi işlarni körib çiqişda bir vaqtning özida mol-mulkni bölib oliş, bolalar ta'minoti, alimentlarni tölaş va farzandlarning u yoki bu ota-ona bilan yaşaşi masalalarini ham körib çiqiş taklif qilindi. Nikoh şartnomalarini majburiy ravişda joriy etiş imkoniyatlari ham körib çiqilmoqda.

Alimentlarning tölanmasligiga qarşi kuraş böyiça taklif etilayotgan çoralar qatoridan qarzdorlar va ularning oila a'zolari bilan tuşuntiriş işlari olib boriş ham közda tutilmoqda. Qarzdorlar, avvalgidek, çet elga çiqiş imkoniyatidan vaqtinça mahrum etiladi.

Tadbirda taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, Toşkentdagi mahallalarning psixologlar va huquqşunoslar jalb qilingan yaraştiruv komissiyalari faoliyati samarasi ölaroq 1361 bola tarbiyalanayotgan 1012 oilaning ajralib ketişi oldi olindi.