Şimoliy Koreya respublikasi "qit'alararo ballistik raketalar (QBR) sinoviga tayyorgarlikni yakunlamoqda". Bu ma'lumotlarni mamlakat hukumatining "Minçju Çoson" gazetasi tasdiqladi. Naşrning yozişiça, bu turdagi qurolni işlab çiqariş - "Qöşma Ştatlar tomonidan tobora kuçayib borayotgan yadroviy tahdid qarşisida mamlakatning harbiy mudofaa salohiyatini mustahkamlaş yölidagi çoralardan biri hisoblanadi".

KXDR suvereniteti va qadr-qimmatini himoya qiliş uçun QBRni barpo qiliş, deyiladi maqolada, "heç qanday xalqaro huquq me'yorlariga zid emas, aksinça mustaqil mamlakatning qonuniy huquqi hisoblanadi".

"Minçju Çoson"ning ogohlantirişiça, rasmiy Pxenyan "AQŞ va uning vassallari KXDRga tahdidlar qilib, respublikaga qarşi qaratilgan turli harbiy amaliyotlar ötkazar ekan, özini mudofaa qiliş hamda preventiv yadro zarbasi beriş maqsadida öz yadro salohiyatini kuçaytirib boraveradi".

Gazeta prezident Barak Obamaning "Pxenyanga qarşi qöşimça sanksiyalar qöllaş uçun Şimoliy Koreya tomonidan amalga oşirilayotgan fitnalar va xavf-xatarlar"ni bahona qilişini "kulgili" deya baholagan. 

KXDR yetakçisi Kim Çen In yangi yil tabrigida yangi QBRni sinaşga tayyorgarlik körilayotgani haqida aytgan edi. 

BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasi KXDRga ballistik raketa sinovlarini ötkazişni taqiqlaydi. Rasmiy Pxenyan bu hujjatlarni tan olmaydi hamda Vaşingtonning hozirgi duşmanona siyosati bois, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş huquqiga ega ekanini ta'kidlaydi.