20-avgustga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi. Kiyev şahar harbiy ma’muriyati ma’lumotlariga köra, hujum oqibatida kamida beş kişi halok bölgan va 23 kişi turli darajada jarohatlangan.
Avvalroq Kiyev meri Vitaliy Kliçko uç kişi halok bölgani va 20 kişi jabrlangani haqida xabar bergan edi. Uning ma’lum qilişiça, jabrlanganlarning 14 nafari şifoxonaga yotqizilgan, qolganlarga ambulator şaroitda yoki hodisa joyining özida tibbiy yordam körsatilgan.
Kiyevning Solomenskiy tumanida raketa parçalari beş qavatli turar joy binosi yaqiniga tuşgan. Binoning derazalari singan va hududda yonğin kelib çiqqan.
Şuningdek, töqqiz qavatli turar joy binosi ham zarbadan zarar körgan. Kliçkoning sözlariga köra, uyning yuqori qavatlari vayron bölgan.
Yana bir manzilda odamlar boşpanada qamalib qolgani xabar qilindi. Qutqaruvçilar ularga yordam körsatiş işlarini olib borgan.
Solomenskiy tumanidagi bolalar şifoxonasi binosi ham şikastlangan. Tibbiyot muassasasi hududida bir neçta avtomobil yonib ketgan.
Kiyevning Darnitskiy va Svyatoşinskiy tumanlarida esa noturar joy binolarida yonğinlar qayd etilgan.
Ukraina Telegram-kanallari Kiyev viloyatining Brovari şahridagi omborlarga ham zarba berilgani haqida xabar tarqatmoqda. Bu ma’lumotlar böyiça rasmiy tafsilotlar hozirça keltirilmagan.









