Moskvaning “Şeremetevo” aeroporti hududidan çiqib ketmoqçi bölgan avtomobil haydovçisi uç million rubl tölaşi lozimligi haqida bildirişnoma oldi. Bu hisoblaş qurilmasidagi xato tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti aeroport matbuot xizmatiga asosan.
Avvalroq, “Şeremetevo”da 45 daqiqa davomida bölgan avtomobil sohibi avtomatdan 3 379 800 rubl tölaşi lozimligi haqida hisobni olgani ma'lum qilingandi. Aeroport ma'muriyatining xabar qilişiça, qurilma noqulay ob-havo tufayli buzilib qolgan: yomğir, namgarçilik va haroratning keskin özgarişi bunga turtki böldi. Nosozlik tezda bartaraf etilgan.
Erkak esa avtomobilni vaqtinça qoldirgani uçun 200 rubl tölaş bilan çeklandi, xolos.
“Joriy yilda bunday vaziyatlarni oldini oliş maqsadida qurilmalarni zamonaviysiga aliştiriş közda tutilgan. Bu tölovga ketadigan vaqtni kamaytiriş, kötarma ğovlarni oçiş va mijozlar avtomobillarining tezroq kirib-çiqişiga yordam beradi”, - deya xabar qilişgan aeroport matbuot xizmatida.












