Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan Vatan himoyaçilariga bayram tabrigi yölladi. Tabrik matni ÖzA tomonidan taqdim etilgan.

Prezident öz tabriklaridan keyin Özbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasini qayta işlab çiqiş zarurati haqida gapirgan.

Prezident mutlaqo yangi Qurolli Kuçlar akademiyasini taşkil etiş bu yönalişdagi birinçi qadam bölişi darkorligini ma'lum qilgan. Bildirilişiça, Uşbu öquv maskani Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtining şonli harbiy an'analarini va hozirgi mavjud akademiya hamda mamlakatimizdagi yetakçi ilmiy-ta'lim muassasalarida töplangan faoliyat tajribasini öziga qamrab oladi.

Harbiy bilim yurtida haqiqatan ham ta'lim olişga munosib, yuksak aql-zakovat va yetakçilik qobiliyatiga ega bölgan yoşlarni aniqlaş uçun ularni öqişga tanlab olişda talab oşiriladi.

Şu maqsadda mamlakatning har bir mintaqasida ikki-uçtadan kollej va litseyni belgilab qöyiş kerak. Ana şu kollej va litseylar özlarining asosiy vazifalari bilan birga, oliy harbiy öquv yurtlariga kiradigan yoşlarni çuqur tayyorlaş bilan ham şuğullanadi.

"Jahonda va mintaqada vaziyatning rivojlaniş dinamikasini hisobga oladigan bölsak, vujudga keladigan xavf-xatar va tahdidlarga munosib zarba beriş zarurati, şuningdek, bizning ustuvor vazifa va imkoniyatlarimiz Özbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasini qayta işlab çiqişni talab etadi", degan prezident. 

Prezident davom etadi.

"Faqat ana şunday tizimli yondaşuv biz uçun milliy xavfsizlikni ta'minlaş sohasida yagona, muvofiqlaştirilgan va izçil strategiyani işlab çiqiş, mavjud resurs va mablağlarni ustuvor maqsadlarga yönaltiriş, ularni behuda sarflamaslik, ikkinçi darajali vazifalarga çalğib ketmaslik imkonini beradi. 

Ikkinçidan, Qurolli Kuçlar qurilişining taşkiliy tizimini yanada takomillaştiriş lozim. Harbiy quriliş sohasida töplangan tajribani hisobga olgan holda, har qaysi harbiy okrugning tarkibiy tuzilişi va vazifalarini aniqlaş darkor. Bu borada ulardan aynan qaysi vazifalarni hal etiş uçun foydalaniş kerakligi, qöşinlarning qöllaniş va şuningdek, operatsiyalarni ötkaziş yönalişlari böyiça öziga xos xususiyatlariga alohida e'tibor qaratiş zarur. Şu bilan birga, bizning “havo qalqonimiz” – Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuçlari qöşinlarini optimallaştiriş vazifasi ham katta e'tibor va resurslarni safarbar etişni talab qiladi. 

Qisqa muddatda ularning taşkiliy tuzilişi va boşqaruv tizimini takomillaştiriş, şuningdek, ularni zamonaviy texnika va qurol-yaroğ bilan ta'minlaş böyiça kompleks tadbirlarni amalga oşiriş lozim. 

Uçinçidan, qöşinlarni tayyorlaş borasidagi tadbirlarni rejalaştirişga oid yangiça yondaşuvni işlab çiqiş muhim ahamiyatga egadir. Bu tadbirlar avvalambor harbiy bölinmalarga yuklangan vazifalarga, ularning tayyorgarlik va ta'minlaniş darajasiga mos bölişi zarur. 

Biz uçun bu boradagi yakuniy mezon – amaliy natija, ya'ni, butun e'tiborni Qurolli Kuçlarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligini real oşirişga, ularning yuqori darajadagi uyuşqoqligi va samarali hamkorligiga qaratişdan iborat. 

Törtinçidan, barça böğindagi professional harbiy kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş bizning e'tiborimiz markazida bölib qolişi zarur. 

Şu nuqtai nazardan qaraganda, mutlaqo yangi Qurolli Kuçlar akademiyasini taşkil etiş bu yönalişdagi birinçi qadam bölişi darkor. Uşbu öquv maskani Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtining şonli harbiy an'analarini va hozirgi mavjud akademiya hamda mamlakatimizdagi yetakçi ilmiy-ta'lim muassasalarida töplangan faoliyat tajribasini öziga qamrab olişi kerak. 

Işonçim komil, bu akademiya harbiy ta'limning yagona tizimida haqiqatan ham asosiy örinni egallaydi, tom ma'noda harbiy ilm-fan markaziga aylanadi. Akademiyada leytenantlar tayyorlaş, faoliyat körsatayotgan ofitserlar malakasini oşiriş va şuningdek, armiyamiz boşqaruv tarkibidagi qömondonlik kadrlarini maxsus tayyorgarlikdan ötkaziş davom ettiriladi.

Bu vazifani amalga oşirişda biz ta'lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalarni joriy etişimiz, öquv auditoriyalarini zamonaviy trenajyorlar, öquv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlaşimiz lozim. 

Akademiya tinglovçilarining umumiy madaniyatini oşiriş, ularning dam olişi va sport bilan şuğullanişi uçun barça qulay şaroitlarni yaratişimiz darkor. 

Bu jarayonda harbiy bilim yurtida haqiqatan ham ta'lim olişga munosib, yuksak aql-zakovat va yetakçilik qobiliyatiga ega bölgan yoşlarni aniqlaş uçun ularni öqişga tanlab olişda talabni oşiriş lozim. Şu maqsadda mamlakatimizning har bir mintaqasida ikki-uçtadan kollej va litseyni belgilab qöyiş kerak. Ana şu kollej va litseylar özlarining asosiy vazifalari bilan birga, oliy harbiy öquv yurtlariga kiradigan yoşlarni çuqur tayyorlaş bilan ham şuğullanadi. 

Bundan taşqari, barça oliy harbiy ta'lim muassasalari professor-öqituvçilari tarkibini tayyorlaş, jumladan, ularning xorijdagi yetakçi oliy ta'lim muassasalarida malaka oşiriş imkoniyatlaridan keng foydalaniş maqsadga muvofiqdir.

Prezident Vatan himoyaçilariga bayram tabrigida Özbekiston heç qanday harbiy-siyosiy bloklarga qöşilmasligini ta'kidladi