Andijon viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi kollejlar 2017-2018 o‘quv yili uchun umumiy ta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini qabul qiladi. Ushbu ilm dargohlarida yoshlar har tomonlama yetuk bilim va ta'lim-tarbiya olishlari, hunar egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.  

ASAKA OZIQ-OVQAT SANOATI KASB-HUNAR KOLLeJI

720 o‘ringa mo‘ljallangan kollejning zamonaviy ko‘rinishdagi binosida yoshlar 5 turdagi hunar egasi bo‘lishlari uchun o‘quv ustaxonalari, o‘quv xonalaridan tashqari 4ta lingafon, bitta kompyuter xonami, to‘liq jihozlangan fizika va kimyo laboratoriyalari mavjud.

Kollejda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
1.    Oshpazlik;
2.    Non-makaron mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha texnik-mexanik;
3.    Yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnik-texnolog;
4.    Kompyuter injyenerligi;
5.    Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik.

Tajribali pedagog Roza Burxanova boshchilik qilayotgan muassasada 55 nafar oliy ma'lumotli o‘qituvchi, 4 nafar katta usta, 11 nafar ishlab chiqarish ustalari yoshlarga ta'lim va tarbiya berib kelmoqdalar.  
Manzil: Andijon viloyati, Asaka tumani, Arg‘in mahallasi 168-uy.Tel: (90) 217 07 39


ASAKA TUMANI QADIM TRANSPORT VA AGROSeRVIS KASB-HUNAR KOLLeJI