Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi mamlakatdagi internet saytlarida örta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimiga oid asossiz xabarlar va maqolalar aholi, ota-onalar hamda yoşlarni jiddiy taşvişga solayotganidan jiddiy taşvişda ekanini bildirdi.

«Kun.uz» tahririyatiga vazirning birinçi örinbosari, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori Murodullo Xolmuhamedov nomidan maktub kelib tuşgan.

Unda «UzNews», «Daryo.uz», «Kun.uz» va boşqa qator saytlar kollejlar mavzusidagi asossiz maqolalarni e'lon qiliş noxuş va köngilsiz oqibatlarga olib kelişi mumkinligi,  bu holatda saytlarga jiddiy qonuniy çoralar körilişi ehtimolidan ogohlantirilgan.

«Sizga şuni rasman ma'lum qilamizki, bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 maydagi F-4941 sonli farmoyişi ijrosini ta'minlaş maqsadida "Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini yanada rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqiş böyiça respublika komissiyasi" faoliyat körsatmoqda.

Özbekiston respublikasi boş vaziri rahbarligida tuzilgan işçi guruhlar tomonidan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturidan kelib çiqib, kiçik mutaxassis kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqilmoqda.

Hozirda konsepsiya doirasida örta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qiliş böyiça tegişli huquqiy hujjatlar loyihasi tayyorlanmoqda.

Şuningdek, ayni paytda Özbekiston Respublikasi Prezidenti körsatmasiga muvofiq, 2017-2018 öquv yilida ota-onalarning istak va xohişlariga köra tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida 10-sinfda öqişni davom ettiriş imkoni berildi.

Ayni paytda Respublikadagi barça akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga 9-sinf öquvçilarining hujjatlarini qabul qiliş davom etmoqda.

Şu munosabat bilan qabul jarayonlari davom etayotgan eng muhim jarayonda uşbu mavzuda turli huquqiy asosga ega bölmagan maqolalarni e'lon qiliş maqsadga muvofiq emasligini, uşbu holat noxuş va köngilsiz voqealarga sabab bölişi, keskinlik, norozilik, turli tuşunmovçiliklarni keltirib çiqarişi, natijada jiddiy qonuniy çoralar körilişiga sabab bölişi mumkinligini ma'lum qilamiz», deyilgan maktubda.