AQŞ prezidenti Donald Tramp talabalar namoyişlariga yöl qöyib beradigan Amerika maktab va universitetlari federal moliyalaştirişdan töxtatilişini va’da qildi.
«Noqonuniy namoyişlarga ruxsat beradigan har qanday kollejlar, maktab yoki universitetlar barça federal moliyalaştirişdan töxtatiladi. Taşviqotçilar qamoqqa taşlanadi yoki özlari kelgan mamlakatiga butunlay qaytarib yuboriladi. Amerikalik talabalar öqişdan butunlayga çetlatiladi yoki jinoyatidan kelib çiqib, hibsga olinadi», — deb yozadi Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.
Kolumbiya universiteti allaqaçon norozilik namoyişlari tufayli moliyalaştirişdan uziliş tahdidiga duç kelgan. Tramp ma’muriyati ta’lim muassasasi Falastin tarafdori bölgan talabalar noroziliklari paytida antisemitizmni bartaraf eta olmagani sababli universitetning federal grantlari va şartnomalarini körib çiqiş boşlanganini ma’lum qildi.
Yanvar oxirlarida Tramp antisemitizmga qarşi kuraş töğrisidagi farmonni imzolagan va Falastinni yoqlab ötkazilgan namoyişlarda iştirok etgan çet el talabalarini deportatsiya qilişga va’da bergandi. Farmon bilan federal vazirlik va idoralarga 60 kun içida antisemitizmga qarşi kuraşda foydalaniş mumkin bölgan vositalarni işlab çiqiş yuklangan.
Isroilning Ğazo sektoridagi harbiy operatsiyasiga qarşi namoyişlar 2023 yil 7 oktyabrdan keyin boşlangandi. 2024 yil bahorda namoyişçilar Kolumbiya universiteti kampusining asosiy binolaridan birini egallagan. Namoyişlar, şuningdek, Kaliforniya universiteti, Texas universiteti, Şimoliy Karolina universitetlarida ham bölib ötgan. Namoyişçilar AQŞ hukumatiga Isroilni har qanday moliyalaştirişdan voz keçişni va Ğazo sektoridagi jangovar harakatlarni qöllab-quvvatlaşni töxtatişni talab qilgan.













