Turkiya aviakompaniyasining Gonkongdan kelayotgan yuk samolyoti Qirğiziston poytaxti Bişkekdagi Manas aeroportiga qönayotganda falokatga uçradi. Bu haqda Qirğiziston favqulodda vaziyatlar vazirligi inqirozli vaziyatlarni boşqariş markazi boşliği Muhammad Svarovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Falokat Toşkent vaqti bilan soat 6.31da yuz bergan. Ayni vaqtda voqea joyida barça xizmatlar iş olib bormoqda.

"Samolyot yomon ob-havo şaroiti tufayli falokatga uçragan. Samolyot qulagan joyda ikkita uy yonmoqda", deb ma'lum qildi Svarov.
Samolyot ekipaji taqdiri noma'lumligiça qolmoqda. Svarovning aytişiça, samolyot ekipaji ikki uçuvçi va texnik xodimlardan iborat bölgan.

Manas aeroporti işçi tartibda işlaşni davom ettirmoqda.












