Qirğizistonda ayrim siyosatçilar poytaxtni Bişkekdan Manas şahriga köçiriş haqida gapirişni boşladi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari, Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari Qamçibek Taşiyev ma’lum qildi.
«Şunga loyiq bölsak, nega loyiq bölmas ekanmiz, Xudo xohlasa, böladi. Buning uçun şaharni, xalqni tayyorlaş, ruhiy jihatdan bunga tayyor böliş kerak. Poytaxt böliş oson emas. Şaharga köp mablağ ajratilmoqda, uni özgartiriş kerak. Özingiz körib turibsiz, hamma joyda quriliş işlari ketyapti. Uni zamonaviy şaharga aylantiriş kerak», dedi Taşiyev 11 oktyabr kuni Manas maktablari direktorlari bilan uçraşuvda.
Uning sözlariga köra, Manas respublika ahamiyatiga molik uçinçi şahar böladi. Bu 2026 yilda sodir böladi.
Taşiyev, şuningdek, şahar nomini özgartiriş strategik jihatdan töğri qaror bölganini ta’kidladi.
Jalolobod şahri 17 sentabr kuni rasman Manas deb özgartirildi. Prezident Sadir Japarov tegişli qonunni imzoladi.
Manas - Qirğizistondagi uçinçi yirik şahar, Jalolobod viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 184,4 ming kişi. Mamlakat janubida, Farğona vodiysida joylaşgan.













