16 yanvar kuni Bişkekning Manas aeroporti yaqinida halokatga uçragan Turkiyaning Boeing 747 samolyoti qöniş maydonidan uçib ötgan va fyuzelyaji bilan tösiqlardan biriga tegib ketgan. Şundan söng, havo layneri aeroport yaqinidagi aholi qörğoniga qulab tuşgan. Bu haqda, Jogorku Keneşning transport, kommunikatsiyalar, arxitektura va quriliş böyiça qömitasi raisi Marat Amankulov 24.kg agentligiga ma'lum qilgan.
"Dastlabki ma'lumotlarga köra, samolyot şarqdan ğarbga yönalgan holda 255-kurs böyiça qöniş uçun pasaygan, ammo, qöniş yölagidan uçib ötgan va fyuzelyaj bilan tösiqqa urilgan, söngra daça qörğoniga qulab tuşgan. Alanga bartaraf etilgan, halok bölganlarning aniq soni ma'lum emas", - deya Amankulov sözlarini keltiradi agentlik.
Avvalroq, Qirğiziston fuqaro aviatsiyasi agentligi rahbari örinbosari Bakit Junuşaliyev samolyot noma'lum sabablarga köra, ikkinçi davra uçun havoga kötarilişga uringani haqida gapirgan edi.
Transport vazirligining ta'kidlaşiça, samolyot Hongkongdan Bişkek orqali Istanbulga tijorat parvozini amalga oşirayotgan bölgan. "Parvoz 4+1 jadvali böyiça, ya'ni 4 nafar ekipaj a'zosi va bir kuzatuvçi iştirokida amalga oşirilgan. Kuzatuvçi uşbu bortda bölgani hozirça noma'lum", - degan Junuşaliyev.
Turkiyaning MyCargo Airlines kompaniyasiga tegişli samolyot Daça-Suu qörğoniga qulab tuşgan. Buning oqibatida 43 ta hovli-joydan 32 tasi zararlangan yoki butunlay vayron bölgan. Sönggi ma'lumotlarga binoan, 37 kişi halok bölgan. Fojia joyida qidiruv-qutqaruv işlari davom ettirilmoqda.








